
SDTU vakili Xitoyda xalqaro konferensiyada iştirok etmoqda
2026-yil 21–23-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Şaoxing va Hangzhou şaharlarida “2026 – Zhejiang xalqaro sanoat, taʼlim, ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötmoqda. Anjuman SDTUning xorijiy hamkori — Zhejiang fan-texnika universiteti va Zhejiang provinsiyasi Taʼlim departamenti tomonidan taşkil etilgan.
Konferensiyada universitetimizning strategik rivojlantiriş böyiça birinçi prorektori Juramirza Qayumov iştirok etmoqda.Anjumanga dunyoning 20 ga yaqin mamlakatidan soha yetakçi mutaxassislari va olimlari taşrif buyurgan. Maʼruzalar asosan quyidagi mavzularga bağişlangan:
-işlab çiqarişda sunʼiy intellektdan foydalaniş;
-robototexnikani amaliyotga izçil joriy etiş;
-taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi uzviylikni mustahkamlaş.
Konferensiya doirasida Zhejiang fan-texnika universiteti prorektori Xungay Eang bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv natijasida quyidagi yönalişlarda hamkorlikni kengaytirişga kelişib olindi:
-professor-öqituvçilarning qöşma loyihalardagi iştirokini kuçaytiriş;
-talabalar akademik mobilligini rivojlantiriş;
-professor-öqituvçilar stajirovkalarini taşkil etiş.