
Til xalqning yuragi, millatning ruhi va insonning eng buyuk boyligidir. O‘zbek tili ajdodlarimizdan qolgan o‘lmas meros, xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniy xazinasidir.
21-oktyabr, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan universitetimizda “Tarix sinovida sinmagan tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori professor Chidem Turkyilmaz, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzokov, faxriy ustoz, shoir Nuriddin Boboqandov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi.
Talaba klublari a’zolari va iqtidorli talabalar badiiy-musiqiy kompozitsiya tayyorlab, sahnada namoyish etishdi. Kompozitsiyada o‘zbek tili bayrami millatimizning eng qadrli boyligiga, ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va hurmatga bag‘ishlangan muhim sana ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarning g‘oliblariga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.