Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera20-may, 2025 · Tahririyat

SDTUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda 187 kompaniya ishtirok etib, 150 nafarga yaqin talaba suhbat asosida ishga qabul qilindi; shuningdek, bitiruvchilar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov ochib berdi.

Tadbirda 187 ta nufuzli yirik kompaniya ishtirok etdi.

Jumladan:

— Samarqand viloyati Samarqand tumanida faoliyat yuritayotgan “Mirankul Construction Materials” MChJ;

— Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “SAM FERRE” xususiy korxonasi;

— Toshkent shahrida joylashgan Hindistonning Larsen & Toubro Construction kompaniyasi;

— Navoiy viloyati Navoiy shahridagi “Navoiy kon-metallurgiya” aksiyadorlik jamiyati;

— “Yuksalish Group” kabi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, 150 nafarga yaqin talaba suhbat asosida ushbu korxonalarga ishga qabul qilindi.

“ARAM” kompaniyasi direktori, “1000 ta Millioner” klubi asoschisi Zaxriddin Nosirov tomonidan tadbirkor bo‘lish sirlari mavzusida masterklass o‘tkazildi.

Shuningdek, universitetda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab, texnikum va akademik litseylar bitiruvchilari uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish