Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti18-aprel, 2025 · Tahririyat

Talabalar hayoti – doimo diqqat markazida!

Rektor Dr. Chidem Turkyilmaz talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashdi va turmush sharoitlarini o‘rgandi.

Rektorning talabalar turar joyiga tashrifi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov hamrohligida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Maqsad — talaba-yoshlarning turmush sharoitlari, istaklari va muammolarini bevosita o‘rganish, ular bilan yaqindan tanishish edi.

Dastlab, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rektor ularga tantanali tarzda guvohnomalarni topshirdi, bu esa talabalar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.

Shuningdek, “Mushoira” ijodkor talabalar klubi a’zolari bilan iliq va samimiy suhbat tashkil etildi. Iqtidorli yoshlar o‘z qalamiga mansub she’rlarni o‘qib eshittirishdi hamda klub faoliyatiga oid taklif va mulohazalar tinglandi.

Tashrif davomida talabalar turar joyidagi sharoitlar, xususan, internet tezligi, sanitariya holati hamda o‘quv zallari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Talabalar bilan bevosita muloqot, ularning hayoti va muammolariga e’tibor – bu ta’lim sifatini yuksaltirish sari muhim qadamdir!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish