
Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori mayor Voxid Fattoyev va katta leytenant Jahongir Ergashev hamda Samarqand davlat texnika universiteti talabalar dekani Sherzod Bozorov va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Maqsud Eshmurodov talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarini ko‘zdan kechirdi.
Xonadonlardagi isitish tizimlari, elektr jihozlari, gaz uskunalari va ularning xavfsiz ishlatilish holati sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish va favqulodda vaziyatlarda tezkor xizmatlarga murojaat qilish tartiblari haqida suhbat o‘tkazildi.