Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti15-dekabr, 2025 · Tahririyat

Vatanparvarlik oyligining ochilish marosimi

Prezident farmoni bilan o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi universitetda tantanali yurish marafoni va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari bilan ochildi.

Vatanparvarlik oyligining ochilish marosimi

Samarqand davlat texnika universitetida Prezident farmoni bilan mamlakatimiz bo‘ylab 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 15-yanvargacha o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligining ochilish marosimi doirasida keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir universitet binosi oldidan harbiylar, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali yurish marafoni bilan boshlandi. Vatanparvarlik oyligining ochilish marosimini Markaziy harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni o‘rinbosari, podpolkovnik Qobulov Sardorjon Madaminjonovich rasman ochib berdi.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda Samarqand viloyati «Vatanparvar» tashkiloti harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasidek sharafli kasbga yo‘naltirishga qaratilgani bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi ham tashkil etilib, talaba-yoshlar uchun mazmunli va esda qolarli taassurot qoldirdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish