Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro4-fevral, 2025 · Tahririyat

SDTU va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida investitsion hamkorlik rivojlanmoqda

Beshta yetakchi xitoylik kompaniya vakillari SDTUga tashrif buyurib, mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.

Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 17-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan Xitoyning yetakchi kompaniya va universitet vakillari SDTUga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida quyidagi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi:

— Hebei Lakoo Automation Equipment Co., Ltd – avtomatlashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Jin Yi);

— XingTai Lang Tai Agricultural Technology Co., Ltd – qishloq xo‘jaligi texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Li Feng);

— Hebei Langyue Plastic Products Co., Ltd – plastik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Wang Guangjun);

— Hebei Kelaiente Glass Shutter Manufacturing Co., Ltd – shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Meng Xiaobo).

Tashrif davomida universitetda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ushbu hamkorlik ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro tajribani kengaytirishga xizmat qiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish