Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar10-aprel, 2025 · Tahririyat

Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiya yakunida Bahodir Elmurodov universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2024-yildagi jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha hisobot-saylov konferensiyasi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodirjon Dehqonov hamda universitet xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yildagi bajarilishi yuzasidan muhokamalar olib borildi. Yakunda yashirin ovoz berish asosida Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Bahodir Elmurodov universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish