Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro4-noyabr, 2025 · Tahririyat

Yaponiya oliygohlari rektorlari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi

SDTU rahbariyati Nagoya, Gifu, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiya, Kogakuin, Tokay hamda Tokio metropoliten universitetlari vakillari bilan talabalar almashinuvi va qo‘shma dasturlar bo‘yicha muzokara olib bordi.

SDTU va yapon universitetlari vakillari muzokarasi

O‘zbekiston–Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rahbariyati tomonidan Yaponiyaning Nagoya universiteti, Gifu universiteti, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiya universiteti, Kogakuin universiteti, Tokay universiteti hamda Tokio metropoliten universiteti vakillari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Suhbat doirasida qo‘shma ta’lim va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun stajirovka hamda seminarlar tashkillashtirish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va malaka oshirish uchun professor-o‘qituvchilarga sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish