Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Bo‘limlar va markazlar/Devonxona va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

Devonxona va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

Bo‘lim universitetda ish yuritishni tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini kuzatib boradi hamda hujjatlarni arxivda saqlaydi.

Rahbar

Abdusaidova Feruza Abduxafizovna — Devonxona va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Abdusaidova Feruza AbduxafizovnaBo‘lim boshlig‘i Qabul vaqti: har kuni, 08:30–17:30 Telefon: +998 66 237-26-30

Bo‘lim haqida

Devonxona va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi 2023-yilda tashkil etilgan. Bo‘lim xodimlarining asosiy vazifalari:

  • devonxona ishi: xatlarni qabul qilish, asosiy faoliyatga oid va xizmat safari bilan bog‘liq buyruqlarni rasmiylashtirish;
  • topshiriqlar ijrosini nazorat qilish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;
  • hujjatlarni arxivda saqlash.

Faoliyatning huquqiy asoslari

Bo‘lim faoliyatini tashkil etish tartibi quyidagi hujjatlar hamda universitet Nizomi talablari asosida belgilanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori;
  • “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi” (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan);
  • “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son Qonun;
  • Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi 341-son qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi ushbu Namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 1061-son qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son farmoni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-son qarori.

Asosiy vazifalari

  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bo‘linmalar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishini “edo.ijro.uz” tizimida nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Prezident huzurida va uning tashriflari davomida o‘tkazilgan majlis bayonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hujjatlari (buyruqlar, Hay’at qarorlari, bayonlar, qo‘shma qarorlar, topshiriqlar, xatlar) ijrosini, jumladan “edo.ijro.uz” tizimi orqali, nazorat qiladi;
  • rektor buyruqlarining tarkibiy bo‘linmalar, universitet huzuridagi markaz, texnikumlar, litsey, fakultetlar va kafedralar tomonidan muddatida bajarilishini nazorat qiladi;
  • yuqori tashkilotlardan kelgan xat va topshiriqlarni tizim orqali mas’ul ijrochilarga yo‘naltiradi; asosiy faoliyatga oid va xizmat safari buyruqlarini rasmiylashtirib, tegishli bo‘limlarga yetkazadi;
  • ijro holatini muntazam tahlil qiladi, zudlik bilan hal etilishi kerak bo‘lgan kamchilik va muammolarni rektor huzuridagi yig‘ilishlar va universitet Kengashi muhokamasiga kiritadi;
  • bo‘linmalar kesimida manzilli va tematik o‘rganishlar o‘tkazadi, ijro intizomi holatini kompleks o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • universitet bo‘linmalarida ish yuritishni tashkil etadi va nazorat qiladi, ro‘yxatga olingan xatlar hisobini yuritadi va rektorni ijro holati hamda murojaatlar bo‘yicha zarur axborot bilan ta’minlaydi;
  • jismoniy va yuridik shaxslardan bevosita, shuningdek Prezidentning Virtual qabulxonasi, Bosh vazirning Virtual qabulxonalari, vazirlik va boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartib va muddatda ro‘yxatga oladi va ijrochiga yetkazadi;
  • murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini, javob xatlari belgilangan muddatlarda yuborilishini nazorat qiladi, ko‘rib chiqish muddatlari yoki tartibi buzilganda rektorni darhol xabardor qiladi;
  • bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi (rektor tasdiqlaydi) va og‘zaki qabullarni tashkil etadi; rahbariyatning sayyor qabullari jadvalini tuzib, ularni muvofiqlashtiradi;
  • murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha haftalik, oylik, choraklik va yillik tahlillarni yuritadi, rektor huzuridagi yig‘ilishlar va universitet Kengashida axborot beradi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga har chorak yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etadi;
  • ijro intizomini va murojaatlar bilan ishlashni mustahkamlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshiradi, universitet tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi;
  • tarkibiy bo‘linmalarning nomenklatura bo‘yicha saqlash muddati o‘tgan hujjatlarini va xodimlar bo‘limi hujjatlarini dalolatnoma asosida arxivga qabul qilib saqlaydi.

Bo‘lim xodimlari

Aliyeva DilfuzaMutaxassis
Bahromov RuslanMutaxassis
Ablaqulov AbrorMutaxassis
Xalilova DilnozaMutaxassis, arxiv bo‘yicha mas’ul
Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish