Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti27-aprel, 2025 · Tahririyat

Universitet psixologining maslahati: “Keyinroq” emas, hozir boshlang

Universitet psixologi Sardor Otayorov yoshlarni ishni “keyinroq”ga qoldirmaslikka, yoshlik davridan foydalanib bilim, sport va sog‘liqqa e’tibor berishga chaqiradi.

Universitet psixologi Sardor Otayorov

“Keyinroq” degan so‘z – hayotingizdagi imkoniyatlarni yo‘qotishning birinchi qadamidir.

Yoshlar uchun eng katta xato – hamma narsani “erta”ga qoldirish:

— “30 yoshdan keyin boshlasam ham ulguraman”

— “Ishim barqaror bo‘lgach, hammasi bilan shug‘ullanaman”

— “Hozir vaqtim yo‘q, keyinroq o‘qiyman”

Lekin hayot shoshilinch! Keling, hozirdan boshlash uchun bir necha ilmiy-hayotiy asoslangan qoidalarni ko‘rib chiqaylik:

“Yoshlik – bu qayta tiklanmaydigan resurs”. Hayotiy misol: Alisher 20 yoshida “hammasiga vaqtim bo‘ladi” deb yurgan edi, 30 yoshida esa “vaqtim bor, lekin imkonim va kuchim yo‘q” deb yura boshladi. Ilmiy fakt: yosh organizm 25 yoshgacha tez moslashuvchan bo‘ladi, yosh miya yangi ko‘nikmalarni 5 baravar tez o‘zlashtiradi; keyin metabolizm sekinlashadi, jarohatlar uzoq davom etadi. Tavsiya: kerakli ilm bilan mashg‘ul bo‘lish, sport, sayohat, yangi ko‘nikmalar – hammasini me’yorida hozir boshlang!

“Erkin vaqt – bu aqlning yo‘lboshchisi”. Hayotiy misol: Zuhra talabalikda aksariyat bo‘sh vaqtini o‘zi uchun behuda ishlar bilan o‘tkazar edi, keyin “men o‘qishim va ishimga qiziqishim qolmayapti” degan hisga tushib qoldi. Ilmiy fakt: Stanford universiteti tadqiqotiga ko‘ra, har kuni 1 soat “erkin” vaqt (xobbi) kreativlikni 40% oshiradi. Tavsiya: kuniga 1 soat faqat o‘zingiz uchun ajrating – shu vaqtda kitob, sport, sayr kabi foydali mashg‘ulotlar tafakkur va irodaviy xususiyatlaringizni mustahkamlaydi va boyitadi.

“Sog‘liq – bu eng qimmat va bepul sizga berilgan ne’matdir”. Hayotiy misol: Jasur 25 yoshida “yoshman, kasal bo‘lmayman” deb ovqatlanishga e’tibor bermagan, 30 yoshida esa doimiy gastrit bilan yashay boshladi. Ilmiy fakt: yoshlikda iste’mol qilingan har bir me’yoridan ortiq ovqat, fastfud va gazli ichimliklar 40 yoshda yurak, oshqozon va buyrak muammolariga olib kelishi mumkin. Tavsiya:

— kuniga meva-sabzavot iste’mol qiling (ilmiy tavsiya!);

— har yili bir marta to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘ting.

Eslatma: hammamiz qarilik kelishidan oldin yoshlikning, xastalik kelishidan oldin sog‘likning, o‘zimiz bilan band bo‘lib qolishdan oldin hozirgi bo‘sh vaqtning qadriga yetaylik. Bu uch jarayondan hech kim holi emas!

Sardor Otayorov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti psixologi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish